add

Psixologlar muvaffaqiyatli odamlarni ajratib turadigan bitta odatni aniqlashdi

22.10.2025 | 10:10871

Forbes jurnaliga ko‘ra, muvaffaqiyatli insonlar nafaqat orzularini, balki yo‘qotishdan qo‘rqish hissini ham ongli ravishda boshqarishni o‘rgangan.

Psixologlar muvaffaqiyatli odamlarni ajratib turadigan bitta odatni aniqlashdi

Psixologlar fikricha, muvaffaqiyatning kaliti inson tabiatidagi muhim his — mavjud narsani yo‘qotishdan qo‘rqish bilan bog‘liq. Bu his insonni kelajak mukofotidan ko‘ra kuchliroq rag‘batlantiradi.

Forbes nashrining yozishicha, eng muvaffaqiyatli insonlar bu mexanizmdan ongli ravishda foydalanishadi. Ular maqsadni faqat foyda nuqtayi nazaridan emas, balki natijaga yetisha olmasalar nima yo‘qotishlarini ham hisobga olgan holda belgilaydi. Shuning uchun psixologlar nafaqat orzudagi hayotni, balki oldin olishni istamaydigan holatlarni — yomon odatlar, salbiy muhit, noxush ssenariylarni ham ko‘z oldiga keltirishni tavsiya etadi. Bu usul hissiy aniqlik yaratadi va motivatsiyani kuchaytiradi.

Shuningdek, yo‘qotishdan qo‘rqish hissi insonda intizomni saqlashga yordam beradi, umid va ishonch esa ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqotlar ko‘rsatishicha, nazorat ostidagi yengil stress va xavotir diqqatni kuchaytiradi va insonni faol harakatga tayyorlaydi.

Muhim jihatlardan biri — shaxsiyatni maqsad orqali belgilash. Muvaffaqiyatli odamlar o‘z faoliyatini «Men kitob yozaman» emas, «Men yozuvchiman» degan qarash orqali qabul qiladi. Bu esa intizom talab qiladigan harakatni shaxsiy tabiiy ehtiyojga aylantiradi.

Yo‘qotish qo‘rquvini ongli ravishda boshqarish, uni umid va shaxsiy maqsad bilan uyg‘unlashtirish insonda kuchli ichki motivatsiyani shakllantiradi. Bu esa uni samarali harakat qilishga va yuqori natijalarga erishishga yetaklaydi.

Teglar

Mavzuga oid

Psixologlar muvaffaqiyatli odamlarni ajratib turadigan bitta odatni aniqlashdi | Vaqt.uz