add

Putin fuqaroligi yo‘q shaxslarni ham frontga tashlayapti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslarga Rossiya Qurolli Kuchlarida shartnoma asosida xizmat qilish huquqini beruvchi qonunni imzoladi. Mazkur hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Putin fuqaroligi yo‘q shaxslarni ham frontga tashlayapti
Yangi qonun «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Federal qonunga o‘zgartishlar kiritgan holda, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya armiyasida va boshqa harbiy tuzilmalarda shartnoma asosida xizmat qilish imkoniyatini taqdim etadi. Rossiyaning «Interfaks» agentligi yozishicha, bu tashabbus kontrakt asosida xizmat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasini kengaytirishni ko‘zda tutadi. Qonunning amalga joriy etilishi Rossiya armiyasi saflarini to‘ldirishda yangi manbalarni jalb etishga yo‘naltirilgan.

Teglar

Mavzuga oid