
«Putin haftasiga 5 ming askar yo‘qotmoqda, ammo u aslo bundan tashvishda emas» — Donald Tramp
13.06.2025 | 08:455453
AQSH prezidenti Donald Trampga ko‘ra, Rossiya har hafta minglab askar yo‘qotayotganiga qaramay, Vladimir Putin urushni davom ettirishdan voz kechmoqchi emas. Uning fikricha, Putin inson yo‘qotishlari befarq.

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya Ukrainaga qarshi urushda haftasiga 5 minggacha askar yo‘qotishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bunday yo‘qotishlar Rossiya rahbari Vladimir Putinning fikrini o‘zgartirmayapti. «Ehtimol, u bu haqda o‘ylamaydi ham. U ko‘p askar yo‘qotmoqda. Ukraina ham. Nima bo‘lishini kuzatamiz», — dedi Tramp Pod Force One podkastida.
Prezident Tramp shuningdek, Moskva va Kiyev o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarda bir paytlar muayyan siljish bo‘lganini, ammo keyin «yetib bo‘lmas joylarni bombardimon qilish» tufayli progress to‘xtaganini qayd etdi. U buni «muzokaralar so‘ngi» deb atadi.
The Atlantic nashrining Oq uydagi manbalarga tayanib yozishicha, Tramp so‘nggi paytlarda SBUning Rossiyadagi strategik bombardimonchi samolyotlarga qarshi dronlar orqali amalga oshirgan hujumiga salbiy munosabatda bo‘lgan. Uning fikricha, bunday harakatlar mojaroni yanada keskinlashtirishi mumkin. Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni muzokaralarga qaytishga chaqirgan.
Shundan so‘ng, Tramp Putin va Zelenskiyni «bog‘da urishib yurgan ikki bolaga» qiyosladi. Ularni «ozroq janjal qildirib olib», keyin ajratish kerakligini aytdi. Bu bayonot AQSH siyosatida tinchlik muzokaralarini avvalo ustun qo‘yish strategiyasini aks ettiradi.
AQSH rasmiylari hisobicha, 2024 yil yanvaridan 2025 yil apreligacha Rossiyaning Ukrainadagi jami yo‘qotishlari 400 ming nafarni tashkil etgan. NATO razvedkasi esa umumiy yo‘qotishlar sonini 900 ming askar deb baholagan.





