add

Putin jiddiy bayonot bilan chiqdi: U to‘xtash niyatida emas

Bugun 21:5811382 daqiqa

Uning da’vosiga ko‘ra, Ukrainadagi mojaroni aynan G‘arb amalda boshlab bergan.

Putin jiddiy bayonot bilan chiqdi: U to‘xtash niyatida emas

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urush uchun javobgarlik go‘yoki Moskva zimmasida emas, balki G‘arb davlatlari zimmasida ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan G‘arb mojani «amalda boshlab bergan», Rossiya esa 2022 yilda urush boshlamagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi yig‘ilishida so‘zga chiqqan Putin Yevropa Rossiyaning tez zaiflashishi va parchalanishini kutganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yevropalik siyosatchilar mamlakatning ehtimoliy halokatidan «foyda ko‘rib qolishni» rejalashtirishgan.

«Yevropalik yugurdaklar mamlakatimiz parchalanishidan foyda ko‘rish, o‘tgan tarixiy davrlarda yo‘qotilgan narsalarni qaytarib olish va qasos olishga urinish umidida darhol Bayden ma’muriyati ishiga qo‘shildi», — dedi Putin.

Putin, shuningdek, Rossiya qurolli kuchlarining harakatlari tufayli sezilarli darajada «suveren davlat maqomini qaytarib olganini» aytdi. U Rossiya yadroviy salohiyati «boshqa yadroviy davlatlarnikidan ko‘ra zamonaviyroq ekanini va mamlakat xavfsizligini ta’minlashda asosiy rol o‘ynashda davom etishini» alohida qayd etdi.

​Ukraina haqida gapirar ekan, Putin uning davlatchiligi go‘yoki parchalanish bosqichida ekanini da’vo qildi. Bunga misol sifatida u ukrainalik amaldorlar tomonidan mablag‘larning sarflanishi bilan bog‘liq korrupsiya mojarolarini keltirib o‘tdi.

Prezident Moskva G‘arb tomonidan o‘tmishda berilgan, jumladan, NATOning sharqqa tomon kengaymasligi haqidagi «va’dalarning bajarilishini» talab qilishini yana bir bor ta’kidladi. Uning iddao qilishicha, ushbu majburiyatlar bajarilmagan.

​Putin, shuningdek, Rossiya G‘arbning «teng huquqli qismi»ga aylana olmaganini, G‘arbda esa tanazzul yuz berayotganini qo‘shimcha qildi.

Teglar

Mavzuga oid