
Putin QQS oshirilishi ortidan naqd pul ustidan qattiq nazorat talabini qo‘ydi
Putin QQS oshirilishi arafasida iqtisodiyotni «oqartirish»ni talab qilib, naqd pul aylanmasi, onlayn savdo va yashirin biznes ustidan keskin nazorat o‘rnatishni buyurdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda bo‘lib o‘tgan milliy loyihalar va strategik rivojlanish bo‘yicha yig‘ilishda 2026 yildan boshlanadigan katta soliq islohoti fonarda iqtisodiyotni to‘liq «oqartirish» qilishni hukumat va mintaqalar zimmasiga yukladi. Uning ta’kidlashicha, QQS stavkasi oshiriladigan bir paytda hech qanday biznes faoliyati xufiyona iqtisodiyotiga o‘tib ketmasligi shart, aks holda budjet kutilgan daromadlarni ololmaydi.
«Hech narsa xufiyona bo‘lmasligi kerak. Hammasi qonuniy ishlashi va byudjetga tushumlar ta’minlanishi shart», — dedi Putin. U chakana va internet-savdoda noqonuniy tovar aylanmasini bekor qilish, naqd pul muomalasini qattiq nazorat qilish va noqonuniy bandlikni keskin qisqartirish zarurligini ta’kidladi.
2026 yilda Rossiyada yangi soliq siyosati kuchga kiradi. RF Moliya vazirlgi hisob-kitobiga ko‘ra, islohot byudjetga qo‘shimcha 2,3 trln rubl olib kelishi kutilmoqda. QQS stavkasi 22 foizgacha ko‘tariladi — bu Rossiyada 1992 yildan buyon birinchi marta qayd etilayotgan rekord daraja. Faqat QQSning o‘zi 1,2 trln rubllik qo‘shimcha tushum beradi.
Soddashtirilgan soliq to‘lovi uchun ham qoidalar keskin o‘zgaradi: yillik tushumi 20 mln rubldan oshgan tadbirkorlar QQS to‘lashga o‘tadi — bu Moliya vazirligiga yana 200 mlrd rubl olib keladi. Shuningdek, 2026 yil sentabridan texnika va elektronika uchun «texnologik yig‘im» joriy etiladi.
Hozir Rossiya iqtisodiyotining 10–12 foiz qismi xufiyona ishlaydi. Buning yillik aylanmasi 25 trln rublga teng. RF bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak hisobotiga ko‘ra, uch yillik «oqartirish» rejasi Rossiya YAIMining 1,5 foiz qismiga teng xufiyona iqtisodiyot hajmini qisqartiradi va 2027 yildan boshlab byudjetga yiliga 1 trln rubl qo‘shimcha tushum keltiradi.
Novakning tushuntirishicha, reja olti yo‘nalishdan iborat: YOII doirasidagi savdo, ichki tovar bozori, mehnat bozori, naqd pul va raqamli valyutalar aylanmasi, noqonuniy kredit berish va tamaki hamda nikotin mahsulotlari segmenti.
Avvalroq Vladimir Putin Rossiyada QQS 22 foizgacha oshirilishini vaqtinchalik chora deb atagani haqida xabar bergan edik.





