add

Putin Tramp bilan suhbatda Ukraina bilan muzokaraga tayyor ekanini bildirdi

15.06.2025 | 09:0037273

Vladimir Putin Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotda Rossiya 22 iyundan so‘ng Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni davom ettirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Putin Tramp bilan suhbatda Ukraina bilan muzokaraga tayyor ekanini bildirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH prezidenti Donald Tramp bilan 50 daqiqalik telefon suhbati chog‘ida Moskva Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni 22 iyundan keyin davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda Kreml rahbarining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi. TASS agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Donald Tramp bu ma’lumotni qabul qilib, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni iloji boricha tezroq tugatishdan manfaatdorligini yana bir bor ta’kidlagan. Ushakovning ta’kidlashicha, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi suhbat samarali kechgan va shaxsiy munosabatlar ijobiy baholangan. Suhbat davomida Putin Isroilning Eronga qarshi yadroviy va harbiy inshootlarga qilgan hujumlarini qoralagan hamda Yaqin Sharqdagi vaziyatni juda xavfli deb atagan. U shuningdek, Rossiya tomonidan mojarolarni hal etishda vositachilik yordami taklif qilinganini ma’lum qilgan. Bu orada, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hozircha Rossiya bilan bo‘ladigan muzokaralardagi ishtiroki bo‘yicha aniq qarorga kelmaganini aytdi. Unga ko‘ra, bu boradagi qaror 20–21 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan harbiy asirlar almashinuvidan so‘ng qabul qilinadi. Zelenskiyning ma’lum qilishicha, u 15–17 iyun kunlari Kanadada o‘tadigan «G7» sammiti doirasida Donald Tramp bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ushbu uchrashuvda Rossiya bilan muzokaralar va Ukraina xavfsizligi borasida fikr almashish ko‘zda tutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid