add

Putin Trampning «qisqartirilgan» tinchlik rejasini rad etishi mumkin

Bugun 23:255731 Daqiqa

Tramp ma’muriyati Yevropa bilan muzokaralarda qisqartirilgan yangi tinchlik rejasi loyihasini Rossiya qabul qilmasligidan jiddiy xavotirga tushgan.

Putin Trampning «qisqartirilgan» tinchlik rejasini rad etishi mumkin

The New York Times xabar berishicha, Donald Tramp ma’muriyati Ukraina bo‘yicha qayta ishlangan tinchlik rejasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan rad etilishi mumkinligidan xavotirga tushgan. Rejaning avvalgi varianti Donbassdan voz kechish, NATOga kirishdan voz kechish va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni o‘z ichiga olgan edi.

Biroq Jenevada o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng, reja 28 punktdan 19 tagacha qisqartirilgan. Ayrim talablar — Ukraina qurolli kuchlari sonini cheklash va NATO a’zoligini taqiqlash — hujjatdan olib tashlangan. Volodimir Zelenskiy esa hududiy masalalarni Trampning o‘zi bilan muhokama qilish niyatida ekani ta’kidlandi.

Fransiya va Britaniya Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar yuborishga tayyorligini bildirdi. Emmanuel Makronga ko‘ra, bu kuchlar tarkibiga Turkiya ham qo‘shilishi mumkin. Shu bilan birga, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov agar hujjatda «Ankorij ruhi» buzilsa, bu «tamomila boshqa vaziyat»ga olib kelishi haqida ogohlantirdi.

Dmitriy Peskov esa Trampning dastlabki rejasini «muhim va asosiy» deb atadi. Kreml unga hali ham umid bog‘lab turganini bildirdi. Lekin Carnegie markazi tahlilchisi Tatyana Stanovayanga ko‘ra, bu reja — Rossiyaning apreldagi talablarini qayta ishlangan shakldagina aks ettiradi.

The Washington Post manbasi esa Kreml bu rejani yetarli deb hisoblamasligini, Rossiya G‘arb yordamida qayta kuch to‘plab, yana urushni davom ettirishini taxmin qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid