add

Putinning tug‘ilgan kunida 7200 dollarlik maxsus iPhone 17 Pro sotuvga chiqdi

08.10.2025 | 08:4338943

Caviar kompaniyasi Vladimir Putinning tavallud kuniga bag‘ishlangan iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max kolleksiyasini taqdim etdi.

Putinning tug‘ilgan kunida 7200 dollarlik maxsus iPhone 17 Pro sotuvga chiqdi
Rossiyaning lyuks-gadjetlar ishlab chiqaruvchisi Caviar kompaniyasi mamlakat prezidenti Vladimir Putinning tavallud kuniga bag‘ishlangan iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max smartfonlarining maxsus kolleksiyasini taqdim etdi. Bu haqda «Kod Durova» nashri xabar berdi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, «Rossiya kolleksiyasi» deb nomlangan seriya aviatsiya darajasidagi titan korpus va Rossiya bayrog‘i ranglaridagi yuvelir emal hamda kompozit tosh bilan bezatilgan. Smartfonlar ikki turda taqdim etilgan: Birinchi model — «Butun hayotim — Rossiya» deb nomlanadi. Uning orqa qismida Putinning 2014 yil 24 oktyabrda Valday munozara klubi yig‘ilishida aytgan «Men uchun Rossiya — bu butun hayotim», degan so‘zlari yozilgan. Davlat gerbi 999 probali oltin bilan qoplangan, qora oniksdan ishlangan elementlar bilan bezatilgan. Ikkinchi model — «Qudratli Rossiya». Bu versiyada Rossiyaning ramziy burgut belgisi va bayroq tasviri bor. Unda o‘yib yozilgan iqtibos yo‘q, biroq qurilma prezidentning boshqa iborasini aks ettiradi: «Agar urush muqarrar bo‘lsa, birinchi bo‘lib zarba berish kerak». Putin iphone1 Caviar’ning ma’lum qilishicha, telefon qutisi ochilganda Vladimir Putinning eng mashhur to‘qqizta iqtibosi yangraydi. Smartfon narxlari 599 ming rubldan boshlanadi.

Teglar

Mavzuga oid