add

Qamalgan prezident hiqichoq sababli qamoqdan vaqtincha chiqarildi

Bugun 08:581 daqiqa

Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru uzoq davom etgan surunkali hiqichoq tufayli tibbiy asoslarda vaqtincha ozod qilinib, shifoxonaga yotqizildi.

Qamalgan prezident hiqichoq sababli qamoqdan vaqtincha chiqarildi

Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru tibbiy ko‘rsatmalarga binoan vaqtincha qamoqdan ozod etildi. Nemis nashri Bild nashri xabariga ko‘ra, siyosatchi bir necha oydan beri davom etayotgan surunkali ikota sabab shifoxonaga yotqizilgan.

Shifokorlar ma’lum qilishicha, Bolsonaruning holati diafragmal nerv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, uni bartaraf etish uchun ultratovush yordamida maxsus muolaja o‘tkazilgan. Jarayon davomida nerv aniqlanib, og‘riqsizlantiruvchi preparat yuborilgan. Tibbiy jamoa davolash «muvaffaqiyatli o‘tgani»ni ma’lum qildi.

Bu hodisadan bir necha kun oldin Bolsonaru yana bir jarrohlik amaliyotini — chot sohasidagi churrani olib tashlash operatsiyasini boshdan kechirgan edi. Amaliyot Braziliya poytaxti Braziliyada joylashgan xususiy DF Star klinikasida o‘tkazilgan. Siyosatchining rafiqasi operatsiya asoratlarsiz o‘tganini ta’kidlagan.

Sobiq prezidentning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar so‘nggi yillarda deyarli uzluksiz davom etmoqda. 2018 yildagi saylov kampaniyasi vaqtida unga qilingan pichoqli hujum oqibatida u og‘ir jarohat olgan va qorin sohasida jiddiy shikastlanishlar kuzatilgan. Shundan so‘ng Bolsonaru bir necha bor operatsiya qilingan va uzoq davolanish jarayonlaridan o‘tgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, davolash yakunlangach, Bolsonaru yana qamoqqa qaytarilishi rejalashtirilgan. U davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib, 27 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Hozircha uning vaqtinchalik ozod qilinishi faqat tibbiy sabablar bilan izohlanmoqda va sud hukmi o‘z kuchida qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid