add

Qamchibek Tashiyev: «O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston sarhadlariga chegarachilar kerak bo‘lmasligi mumkin»

Bugun 10:272731

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyevning aytishicha, Markaziy Osiyodagi davlat rahbarlari yaratgan o‘zaro ishonch muhiti tufayli yaqin kelajakda chegarachilar xizmatiga ehtiyoj qolmasligi mumkin.

Qamchibek Tashiyev: «O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston sarhadlariga chegarachilar kerak bo‘lmasligi mumkin»

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegaralarda chegarachilar xizmatini bekor qilish imkoni haqida gapirgan. Bu haqda u hamkasblari bilan bo‘lgan suhbatida ma’lum qilgan.

Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi davlat rahbarlari — Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Emomali Rahmon — yaratgan siyosiy muhit Markaziy Osiyoda chegara masalasini to‘liq ishonch va hamkorlik asosida hal etishga zamin yaratgan.

«Prezidentlar bizga shunday sharoit yaratib berdilarki, endi faqat do‘stlikda yashashimiz kerak. Boshqa yo‘limiz yo‘q», — dedi Tashiyev Manasda bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashi doirasidagi suhbatda.

Suhbat «tik oyoqda turib», ya’ni rasmiy majlisdan tashqari o‘tgan bo‘lib, u qo‘shni respublikalar chegara idoralari rahbarlari bilan samimiy muloqot shaklida bo‘lib o‘tgani xabar qilinmoqda.

Markaziy Osiyodagi mamlakatlar so‘nggi yillarda chegara masalasidagi ko‘plab kelishmovchiliklarni diplomatik yo‘l bilan hal etishga erishgan. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani to‘liq delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuvni 2023 yilda imzolagan. Qirg‘iziston, shuningdek, Tojikiston bilan ham bu borada kelishuvga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchibek Tashiyev Manas shahri kelgusida mamlakat poytaxti bo‘lishi ehtimolini istisno etmagani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid