add

Qamoqqa olishda qiynoq holatlariga qarshi yangi tartib joriy etildi

27.06.2025 | 21:003142

Bu o‘zgarish qamoqqa olishdagi qiynoq holatlarining oldini olish maqsadida qonunga kiritildi.

Qamoqqa olishda qiynoq holatlariga qarshi yangi tartib joriy etildi
«Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritildi. Ma’lum bo‘lishicha, qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin ular hibsxonaning o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Majburiy tibbiy ko‘rik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan e’tiboran 2 soat ichida o‘tkaziladi. Bunda qamoqqa olinganning roziligi bilan uning advokati ham ishtirok etishi mumkin. Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha belgilangan namunadagi tibbiy ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi. Tibbiy ko‘rik chog‘ida qamoqqa olinganning tanasida jarohat, shikastlanish va yaralar aniqlanganda, ular belgilangan tartibda qayd etilib, bu haqda qamoqqa olinganga ma’lum qilinadi va zudlik bilan prokurorga xabar beriladi.

Teglar

Mavzuga oid