add

Qanot Sharq Toshkentdan Nyu Yorkka to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar uchun ariza topshirdi

11.10.2025 | 08:3022752

Agar AQSH Transport vazirligi bunga ruxsat berilsa, Qanot Sharq AQSHga muntazam parvozlarni amalga oshiradigan O‘zbekistonning ilk xususiy aviakompaniyasiga aylanadi.

Qanot Sharq Toshkentdan Nyu Yorkka to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar uchun ariza topshirdi
O‘zbekistonning xususiy aviakompaniyasi Qanot Sharq AQSH Transport vazirligiga Toshkent—Nyu York yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar amalga oshirish uchun rasmiy ariza taqdim etdi. Bu haqda Aviation Week Network nashri xabar bermoqda. O‘zbekistondagi xususiy aviakompaniyaning rejasiga ko‘ra, parvozlar haftada ikki marta yo‘lga qo‘yiladi. Agar ariza tasdiqlansa, Qanot Sharq O‘zbekiston tarixida AQSHga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradigan ilk xususiy aviatashuvchi bo‘ladi. Hozircha mamlakatdan AQSHga faqat Uzbekistan airways milliy aviakompaniyasi parvoz qiladi. AQSH Transport vazirligi qarorni 2025 yil oxiri yoki 2026 yil boshida qabul qilishi kutilmoqda. Ruxsat olingan taqdirda, Qanot Sharq transatlantik yo‘nalishda parvozlarni amalga oshiradigan postsovet hududidagi ikkinchi aviatashuvchiga aylanadi. Qanot Sharq so‘nggi yillarda o‘z parkini modernizatsiya qilib, Airbus A321neo va Airbus A330-200 kabi uzoq masofaga mos samolyotlar bilan flotini kengaytirdi.

Teglar

Mavzuga oid