add

Qashqadaryoda suv tanqisligiga yechim sifatida sun’iy muzliklar barpo etildi

Kecha 11:122 daqiqa

Sun’iy muzliklar orqali sovuq mavsumda suvni muz shaklida saqlab, bahor va yoz oylarida asta-sekin eritish orqali sug‘orish va xo‘jalik ehtiyojlariga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Qashqadaryoda suv tanqisligiga yechim sifatida sun’iy muzliklar barpo etildi

Qashqadaryo viloyatida suv tanqisligiga qarshi amaliy va innovatsion yechim sifatida sun’iy muzliklar barpo etildi. Loyiha qish faslida suvni muz holatida saqlab, uni bahor va yoz oylarida asta-sekin eritish orqali sug‘orish hamda xo‘jalik ehtiyojlariga yo‘naltirishni nazarda tutadi. Hozirda Shahrisabz tumanining Sarchashma mahallasida to‘rtta sun’iy muzlik ustuni barpo etilgan. Bu haqda Shahrisabz tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Loyiha tafsilotlari

Sun’iy muzliklar «FAO»ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Loyiha «O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va qayta tiklashga ta’sirini baholash dasturi» doirasida moliyalashtirilgan.

photo_2026-01-26_21-43-19

Har bir muzlik ustuni qish oylarida 450 kub metrgacha suvni yig‘ish imkoniga ega. Yig‘ilgan suv muz shaklida saqlanib, havo isishi bilan asta-sekin erib, bahor va yoz oylarida qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda maishiy ehtiyojlar uchun foydalaniladi.

Mazkur texnologiya energiya talab qilmasligi, ekologik xavfsizligi va mahalliy tabiiy sharoitga mosligi bilan ajralib turadi. Mutaxassislar bu usul tog‘li hududlarda suv zaxirasini saqlashning samarali modeli ekanini qayd etmoqda.

photo_2026-01-26_21-43-36

Kelgusida sun’iy muzliklar qurish tajribasini O‘zbekistonning boshqa tog‘li va suv tanqis hududlarida ham joriy etish rejalashtirilgan. Bu esa suv resurslaridan oqilona foydalanish va iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo suvining 85 foizi sug‘orishga sarflanayotganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid