
Qay biri ko‘proq tetiklashtiradi: espresso yoki oddiy qahva?
Kundalik hayotimizda har birimiz turli ichimliklarga murojaat qilamiz. Quyida ulardan eng ko‘p tarqalgan espresso va oddiy qahvaning tarkibi va inson kayfiyatiga ta’siri jihatdan taqqoslab ko‘ramiz.

Espresso kofeinga boyroq, ammo kam miqdorda iste’mol qilinadi. Oddiy qahva esa kattaroq miqdorda iste’mol qilinishi bilan tanaga ko‘proq ta’sir qilishi mumkin. Mutaxassislar kofein miqdoriga ko‘ra qaysi biri samarali ekanini o‘rganib chiqishdi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, espresso tarkibida kofein miqdori ko‘proq, biroq kamroq miqdorda iste’mol qilinadigan qahva turi hisoblanadi. AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 100 gramm espressoda taxminan 212 mg kofein bo‘lsa, xuddi shuncha miqdordagi oddiy damlanadigan qahva tarkibida atigi 40 mg kofein mavjud.
Biroq bu raqamlar vaziyatni to‘liq namoyon qila olmaydi. Espresso odatda 30 ml porsiyada iste’mol qilinadi va unda 63 mg kofein mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga, oddiy finjonda damlanadigan (225 ml) qahvada taxminan 96 mg kofein bo‘ladi. Demak, espresso konsentrat hisoblansa-da, umumiy kofein hajmi kamroq bo‘lishi mumkin.
Boshqa tomondan, katta bir finjon qahva (taqriban 475 ml) uch hissas espressoga teng — 200 mg atrofida kofein beradi. Ammo agar siz uch karra latte yoki «red-ay» kabi kahva ichimliklari iste’mol qilsangiz, 3 porsiyali espresso ham huddi shunday ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shunday ekan, tanlov sizning ehtiyojingizga bog‘liq. Agregatda ko‘proq kofein iste’mol qilishni istasangiz — katta finjonda oddiy qahva damlash yaxshi tanlov. Agar tanaffus bilan, tez va kuchli tetiklanishni istasangiz — espresso samaraliroq bo‘ladi.
 





