add

Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangga qarshi yangi qoidalar tasdiqlandi

27.05.2025 | 15:3021772

Adliya vazirligi qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang holatlarini oldini olish tartibini belgilaydigan yangi Qoidalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 2025 yil 27 mayda 3625-son bilan tasdiqlangan.

Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangga qarshi yangi qoidalar tasdiqlandi
Qoidalar Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur agentlik qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli organ sifatida faoliyat yuritadi. Yangi tartibga ko‘ra, bozor ishtirokchilari tomonidan yolg‘on ma’lumot tarqatish, mulkdor o‘zgarishiga olib kelmaydigan soxta bitimlar tuzish va sun’iy savdo muhitini yaratish qat’iyan taqiqlanadi. Shu jumladan, boshqa ishtirokchilarni chalg‘ituvchi xabarlar, manipulyativ narx o‘zgarishlari yoki soxta faollik ko‘rsatishga qaratilgan harakatlar ham nazarda tutilgan. Shuningdek, savdo tashkilotchilari va boshqa ishtirokchilar hiyla-nayrang belgilari kuzatilganda, bu haqda vakolatli organga 3 kun ichida xabar berishi shartligi belgilandi. Ushbu huquqiy mexanizm orqali bozorda shaffoflik ta’minlanishi, manfaatdor tomonlar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsad qilingan.

Teglar

Mavzuga oid