add

Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston chegarasida elektron navbat ishga tushirildi

10.09.2025 | 23:0014172

«Dostuk» nazorat-o‘tkazish punktida elektron navbat yo‘lga qo‘yildi. Bu chegarani kesib o‘tish vaqti va xarajatlarini kamaytirish, ma’muriy to‘siqlarni olib tashlashga yordam beradi.

Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston chegarasida elektron navbat ishga tushirildi
Qirg‘izistonda raqamlashtirish ishlari davom etmoqda: O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan «Dostuk» nazorat-o‘tkazish punktida elektron navbatni boshqarish tizimi joriy etildi. Bu haqda 24.kg  xabar berdi. Qayd etilishicha, ushbu yangilikdan maqsad chegarani kesib o‘tish vaqti va xarajatlarini kamaytirish, ma’muriy to‘siqlarni olib tashlashdir. Bunday tizim allaqachon o‘z samaradorligini ko‘rsatgan: 2024 yil noyabr oyidan boshlab u «Qizil-Qiya - avtoyo‘l» nazorat-o‘tkazish punktida sinovdan o‘tkazilgan edi. O‘shanda yuk transportining to‘planib qolishini butunlay bartaraf etishga, chegarani kesib o‘tish jarayonini oldindan bashorat qilish mumkin bo‘lgan holatga keltirishga va tashuvchilar orasida intizomni oshirishga erishildi. Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Iskandar Asilqulovning aytishicha, elektron navbat tizimi tartib-qoidalarni soddalashtiradi, tadbirkorlik uchun xarajatlarni kamaytiradi va savdo jarayonlarini yanada shaffoflashtiradi. Bu iqtisodiyotni raqamlashtirish bo‘yicha davlat strategiyasining bir qismidir. Loyiha Yevropa Ittifoqi va Xalqaro savdo markazi ko‘magida amalga oshirildi.

Teglar

Mavzuga oid

Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston chegarasida elektron navbat ishga tushirildi | Vaqt.uz