add

Qirg‘iziston somga bog‘langan milliy steyblkoinni ishga tushirdi

27.10.2025 | 22:308131

Loyiha xalqaro kriptobozorlarga chiqishi kutilmoqda.

Qirg‘iziston somga bog‘langan milliy steyblkoinni ishga tushirdi

Qirg‘izistonda somga bog‘langan KGST milliy steyblkoinini chiqarish va Markaziy bankning raqamli valyutasi (CBDC)ni sinovdan o‘tkazishni boshlash rejalari e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi, deya yozmoqda Fintech&Retail nashri.

Qayd etilishicha, 24 oktyabr kuni davlat rahbari virtual aktivlar va blokcheyn texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishini o‘tkazgan. Unda «barqaror tanga»ni ishga tushirishga texnik tayyorgarlikni ta’minlashni va uni xalqaro kripto-birjalarda listing qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni topshirilgan. Bundan tashqari, idoralarga ikki oy ichida davlat kriptovalyuta zaxirasini yaratish bo‘yicha takliflar taqdim etish vazifasi yuklangan.

«Yig‘ilishda Binance asoschisi Chanpen Chjao (CZ) ishtirok etdi. U 26 oktyabr kuni steyblkoin loyihasi BNB Chain blokcheynida ishga tushirishga tayyor ekanini va raqamli som pilotini yaqin kelajakda ishga tushirish rejalashtirilayotganini tasdiqladi», - deyiladi xabarda.

Chjaoning aytishicha, Qirg‘iziston hukumati kriptozaxira yaratish mexanizmini ishlab chiqmoqda. Unga BNB va boshqa raqamli aktivlar kiritiladi. Kelajakdagi vositalar — steyblkoin va CBDC esa davlat hisob-kitoblari uchun qo‘llaniladi.

Shuningdek, u Binance loyihada minoritar investor sifatida qatnashayotganini va milliy tashabbus doirasida maslahat hamda infratuzilmaviy yordam ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

KGST steyblkoini Qirg‘iziston somiga 1:1 nisbatda bog‘langan va Binance — BNBChain raqamli blokcheyn platformasida ishlaydi.

Teglar

Mavzuga oid

Qirg‘iziston somga bog‘langan milliy steyblkoinni ishga tushirdi | Vaqt.uz