add

Qirg‘iziston «Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston» temiryo‘lini qurishni jadallashtirmoqda

29.09.2025 | 09:0342643

Qirg‘iziston o‘zi orqali Xitoy va O‘zbekistonni bog‘lovchi temiryo‘lning amaliy qurilish bosqichi boshlandi. Loyiha kelajakda mintaqaning strategik transport yo‘lagini shakllantiradi.

Qirg‘iziston «Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston» temiryo‘lini qurishni jadallashtirmoqda
Qirg‘izistonda «Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston» xalqaro temir yo‘li qurilishi amaldagi bosqichga o‘tdi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri Baqit Torobayev Xitoy Davlat temir yo‘l korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozmoqda Qirg‘iziston hukumati portali. Torobayevning ta’kidlashicha, hozirda tonnellar qazish, vaqtinchalik infratuzilma qurish va tashkiliy masalalarni hal etish ishlari boshlangan. Hukumat loyihani to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda, davlat idoralari ishtirokida muntazam muvofiqlashtirish yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda. Ekologiya va xavfsizlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratilayapti. Shuningdek, mahalliy aholining loyihaga keng jalb etilishi va qurilishda mahalliy kompaniyalar xizmatlari hamda mahsulotlariga ustuvor ahamiyat berilishi qayd etildi. Uchrashuvda yuk tashish hajmlari prognozi, temir yo‘l mutaxassislarini tayyorlash uchun Akademiya yaratish rejalari va Torug‘art, Maqmal, Jirg‘a-Tol hamda Manasda iqtisodiy zonalar tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. «Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston» temir yo‘li kelajak yo‘li, do‘stlik va hamkorlik ramzi sifatida ko‘rilmoqda. Torobayevga ko‘ra, muvofiqlashgan harakatlar loyihani barcha xalqlar manfaati uchun samarali amalga oshirish imkonini beradi.

Teglar

Mavzuga oid