add

Qirg‘izistonda korrupsiyaga qarshi «tozalash» ishlari boshlandimi?

17.07.2025 | 13:2010132

O‘sh viloyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev bir necha davlat xizmatchilarini zalning o‘zida qamoqqa olishga buyruq berdi. Bu voqea mamlakat tarixida keskin tozalashlar boshlanganidan dalolat bermoqda.

Qirg‘izistonda korrupsiyaga qarshi «tozalash» ishlari boshlandimi?
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev O‘sh viloyatida kadastr va mahalliy hokimiyat vakillari bilan o‘tkazgan yig‘ilish paytida davlat mulki, yer resurslari va korrupsiya masalalarini muhokama qildi. Yig‘ilish davomida u 10 dan ziyod shaxsni to‘g‘ridan-to‘g‘ri zaldan olib chiqib, qamoqqa olishni buyurdi.
«Zaldan olib chiqib ketib, tezda olib borib qamanglar», — dedi Tashiyev yig‘ilish paytida.
Bu buyruqdan so‘ng xavfsizlik xizmatchilari majlisning o‘zidada ushlab ketishdi. Ushbu holat Qirg‘iziston rasmiy organlarida korrupsiyaga qarshi qattiq kurash boshlanganini ko‘rsatmoqda. Bu voqea Qirg‘iziston tarixida misli ko‘rilmagan holat sifatida baholanmoqda. Shu bilan birga, mintaqada davlat tizimini tozalash va qayta qurish jarayonlari faollashgani ko‘zga tashlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid