add

Qirg‘izistonda manzil-koloniyalar tugatiladi

20.08.2025 | 15:223082

Qirg‘iziston hukumati jazoni ijro etish tizimini soddalashtirish maqsadida barcha manzil-koloniyalarni tugatishga qaror qildi.

Qirg‘izistonda manzil-koloniyalar tugatiladi
19 avgust kuni Adliya vaziri Ayaz Bayetov davlat tizimini byurokratiyadan xoli qilish choralariga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qilishicha, mamlakatdagi 10 dan ortiq manzil-koloniya bosqichma-bosqich yopiladi. Uning ta’kidlashicha, mahkumlar manzil-koloniyalarda ro‘yxatdan o‘tib, nazoratdan o‘tishlari kerak edi. Biroq bu amaliyot samarasiz bo‘lib, odamlar ro‘yxatdan o‘tishdan tiyila boshladi. Keyinchalik probatsiya tizimi joriy qilingach, ikki tizim bir-birini takrorlay boshladi. Shuningdek, kadrlar yetishmasligi ham muammo sifatida qayd etildi. Ayaz Bayetovga ko‘ra, endi barcha mahkumlar probatsiya tizimi orqali nazorat qilinadi. Avvalo beshta koloniya yopiladi, keyin yana beshtasi tugatiladi. Bu orqali tizimdagi ortiqcha yuk kamayishi kutilmoqda. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 4 avgust kuni manzil-koloniyalarni tugatish bo‘yicha tegishli farmonni imzolagan edi. Shu tariqa jazoni ijro etish muassasalarida yagona nazorat mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.

Teglar

Mavzuga oid