Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovi sanasi e’lon qilindi
Mamlaktda saylovlar endi yakshanba emas, chorshanba kunlari o‘tkaziladi.

Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2027 yil 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi va bundan buyon mamlakatda saylovlar yakshanba emas, chorshanba kunlari tashkil etiladi. Bu haqda 24.kg nashri ma’lum qildi.
Saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Prezident va Jo‘qorg‘i Kenesh deputatlari saylovi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarni imzoladi. Unga ko‘ra, saylovlarni o‘tkazish kuni rasman o‘zgartirildi.
Yangi hujjatda belgilanishicha, navbatdagi prezident saylovi amaldagi davlat rahbarining vakolat muddati tugaydigan yilning yanvar oyi to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkaziladi.
Jo‘qorg‘i Kenesh deputatlarining navbatdagi saylovi esa amaldagi chaqiriqning konstitutsiyaviy muddati tugaydigan oyning chorshanba kuni bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yildi.
Mazkur o‘zgarishlarga muvofiq, mamlakatdagi keyingi prezident saylovi 2027 yil 27-yanvarga to‘g‘ri kelmoqda.