add

Qirg‘izistonda og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosi taklif etilmoqda

01.10.2025 | 15:0036893

Qirg‘izistonda jamoatchilik muhokamasi portalida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qotillik va zo‘rlash kabi og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini joriy etish taklifi ilgari surildi.

Qirg‘izistonda og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosi taklif etilmoqda
Qirg‘iziston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasi portalida «Fuqarolar takliflari» bo‘limida yangi tashabbus e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston qonunchiligiga o‘zgartish kiritilib, ayrim og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini joriy etish masalasi qo‘yildi. Taklifga ko‘ra, o‘lim jazosi ayniqsa shafqatsizlik bilan sodir etilgan qotilliklar, voyaga yetmagan shaxslarni o‘ldirish hamda zo‘rlash yoki boshqa jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq qotilliklarga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Tashabbusda qayd etilishicha, jazo faqat sud hukmi qonuniy kuchga kirgach va barcha sud instansiyalaridan o‘tgach amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, tashabbuskorlar o‘lim jazosini ayollar va voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘llamaslik shartlarini belgilashni ham taklif etmoqda. Ularga ko‘ra, jamiyatda sodir etilayotgan qo‘rqinchli qotilliklar va zo‘ravonlik holatlari amaldagi jazo choralari yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, ayrim fuqarolar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mamlakatdagi sud tizimi va korrupsiya xavflari yuqoriligini ta’kidlab, bunday holatda o‘lim jazosini joriy qilish xavfli ekanini bildirmoqda. Ularga ko‘ra, adolatli sud muhiti ta’minlanmas ekan, bunday jazo xato qarorlarga olib kelishi mumkin. Avvalroq Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosi joriy etilishi taklif qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid