add

Qizil dengizdagi kabellar uzilishi Microsoft xizmatlariga ta’sir qildi

08.09.2025 | 09:0041133

Qizil dengizda bir nechta optik tolali kabellar shikastlangani sababli Microsoft Azure bulut platformasida uzilishlar kuzatilmoqda, deb xabar berdi kompaniya.

Qizil dengizdagi kabellar uzilishi Microsoft xizmatlariga ta’sir qildi
7 sentyabrga o‘tar kechasi Microsoft korporatsiyasi Qizil dengizda bir nechta suvostidagi optik tolali kabellar shikastlanishi tufayli Azure bulut xizmatlarida muammolar yuzaga kelganini ma’lum qildi. Bu haqda «Deutsche Welle» xabar berdi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, kabellarning shikastlanishi tufayli ortiqcha trafik Yaqin Sharq orqali o‘tayotgan yo‘nalishlarda kechikishlar va uzilishlar kuzatilgan. Ushbu ma’lumotlar oqimi Osiyo va Yevropa mintaqalari bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur uzilish global miqyosdagi xizmatlarga ta’sir ko‘rsatgan. Microsoft vakillari aytishicha, muammoni bartaraf etish maqsadida trafik alternativ yo‘nalishlarga yo‘naltirilgan, ammo bu holat ham xizmatlar tezkorligida sezilarli kechikishlarga olib kelgan. Ayni vaqtda kabellar tiklanish jarayonida, ammo ta’mirlash ishlari uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Suvostidagi kabellarning aniq qanday sabab bilan uzilgani hozircha ma’lum emas. Bloomberg axborot agentligi ma’lum qilishicha, Qizil dengizdagi telekommunikatsiya infratuzilmasini tiklash ishlari Yamandagi husiychilar tomonidan doimiy amalga oshirilayotgan hujumlar tufayli murakkablashgan. Hozirgi paytda bunday suvosti kabellari uzilishi Boltiq dengizi kabi boshqa mintaqalarda ham kuzatilayapti. Ma’lumot uchun, Microsoft Azure dunyodagi eng yirik bulut xizmatlari provayderlaridan biri bo‘lib, Amazon AWS’dan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. U foydalanuvchilarga hisoblash, tahlil va ma’lumotlar saqlash kabi ko‘plab vositalarni taqdim etadi.

Teglar

Mavzuga oid