add

Qodirovdan bolalariga sovg‘a: Prezidentning farzandlariga tegishli qimmatbaho uylar aniqlandi

Bugun 13:381 daqiqa

9 yoshli Abdulloh va 19 yoshli Ali Qodirovlarning Grozniy markazidagi hovlilari topildi. Mulklar otasining rezidensiyasi yaqinida joylashgan.

Qodirovdan bolalariga sovg‘a: Prezidentning farzandlariga tegishli qimmatbaho uylar aniqlandi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘qqiz yoshli o‘g‘li Abdulloh Qodirov Grozniy markazida elita hovliga egalik qiladi. Bu haqda «Mojem ob’yasnit» nashri «Rosreyestr»ning sizib chiqqan bazalariga tayanib yozmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Abdulloh Qodirovga ikki ming kvadrat metr maydonga ega uy va to‘rt ming kvadrat metr maydonga ega yer uchastkasi tegishli. «Mojem ob’yasnit» ko‘chmas mulk qiymatini 800 million rubl (10 mln dollardan ortiq)ga baholamoqda.

9 yoshli Abdulloh qanday qilib mulkdorga aylangan?

Yer uchastkasi va uyni dastlab Qodirovning o‘zi ijaraga olgan (aynan kimdan ekanligiga aniqlik kiritilmagan), biroq keyinchalik u buni o‘g‘liga o‘tkazib bergan va 2023 yilda u mulkdorga aylangan.

Shuningdek, «Mojem ob’yasnit» Rosreyestr bazasida 19 yoshli Ali Qodirov nomiga yozilgan Grozniy markazidagi uy va yer uchastkasini topgan. Ularning qiymati 500 million rubl (6,4 mln dollar)ga baholanmoqda.

Nashrga ko‘ra, Ali va Abdulloh Qodirovlarning uylari Checheniston rahbarining qarorgohidan 300 metr masofada joylashgan.

Teglar

Mavzuga oid