
Qonun bilan havoni tozalash: Issiqxona gazlarini cheklash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
08.07.2025 | 21:0043642
Issiqxona gazlarini kamaytirish va ekologik loyihalarni rag‘batlantirish maqsadida qonunchilikka muhim yangilik kiritildi — endi ularni hisobga olish, cheklash va davlat tasarrufiga olish huquqiy asosga ega bo‘ladi.

«Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida»gi 7 iyul kuni qabul qilingan yangi qonunga ko‘ra, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat hisobini yuritish;
maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash;
issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash.
Shuningdek, yuridik shaxslar, YATT va jismoniy shaxslar «yashil» loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega.
O‘zbekiston hududida amalga oshiriladigan «yashil» loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan to‘liq tasarruf etiladi.
«Yashil» loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uglerod birliklari reyestriga kiritiladi.
Bundan tashqari, Qonunda «yashil» loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan «yashil» loyihani bajarish natijasida hosil bo‘lgan uglerod birliklari verifikatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan.





