add

Qoraqalpog‘istonda qayiqdagi sayr halokat bilan yakunlandi: uch kishi halok bo‘ldi

27.07.2025 | 21:3044303

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida joylashgan Aqchako‘l suv havzasida oilaviy sayr qayg‘uli yakun topdi. Beruniy tumanidan bo‘lgan bir oila a’zolaridan uch nafari qayiqdagi sayr chog‘ida suvga cho‘kib halok bo‘ldi.

Qoraqalpog‘istonda qayiqdagi sayr halokat bilan yakunlandi: uch kishi halok bo‘ldi
Anhor.uz sayti xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar ayni bir oila a’zolari bo‘lgan. Hodisa 23 iyul kuni sodir bo‘lgan. Dastlab ikki kishining jasadi topilgan, uchinchisi esa bir necha kun davom etgan qidiruv ishlaridan so‘ng aniqlangan. Hozircha voqea yuzasidan rasmiy bayonot berilmadi. Hodisa sabablari, qayiqning texnik holati va xavfsizlik qoidalariga amal qilingan-etilmagani bo‘yicha rasmiy ma’lumot mavjud emas. «Aqchako‘l» turistik markazining Instagram sahifasida hodisa tafsilotlari berilgan. Unga ko‘ra, oila o‘zlariga tegishli kichik qayiqda suv havzasi bo‘ylab suzishga chiqqan. Harkat davomida qayiqqa suv kirib, cho‘ka boshlagan va uch kishi halok bo‘lgan. Qolganlar qutqarilgan. Ammo bu ma’lumot keyinchalik sahifadan o‘chirib tashlangan. Xuddi shu hududda faoliyat yuritadigan boshqa bir turistik markaz ham hodisa haqida qisqacha ma’lumot bergan. Hozirda mahalliy aholi orasida turli taxminlar tarqalmoqda: kimdir xavfsizlik infratuzilmasining yetishmasligiga ishora qilmoqda, boshqalar esa qayiqning texnik nosozligi yoki ortiqcha yuk sababli halokat yuz bergan, degan fikrda.

Teglar

Mavzuga oid