add

Qo‘shnilar bir-biriga yirik investitsiya kiritmoqda. Markazda — O‘zbekiston

11.12.2025 | 19:387911 daqiqa

Markaziy Osiyoda davlatlari investitsiya oqimining asosiy qismi Qozog‘iston biznesining O‘zbekistondagi loyihalariga to‘g‘ri kelmoqda.

Qo‘shnilar bir-biriga yirik investitsiya kiritmoqda. Markazda — O‘zbekiston

2021 yildan beri Markaziy Osiyo mamlakatlari ichidagi o‘zaro investitsiyalar hajmi yiliga o‘rtacha 24,4 foizga oshib, Yaevroosiyo makonidagi umumiy o‘sish ko‘rsatkichi — 2,8 foizdan bir necha barobar yuqori qayd etildi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki hisobotida ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 2025 yilning birinchi yarmi yakuniga kelib, Markaziy Osiyo davlatlarining bir-biriga kiritgan investitsiyalari hajmi 1,3 milliard dollarga yetdi. Bu 2024 yil oxiriga nisbatan 12,5% ko‘p.

Hududda asosiy sarmoyadorlar sifatida Qozog‘iston va O‘zbekiston ko‘rsatilgan. Qozog‘istonning ulushi 72 foizni, ya’ni 928 million dollarni tashkil etsa, O‘zbekistoniki 28 foiz — 367 million dollarga teng. Shu bilan birga, O‘zbekiston mintaqa bo‘yicha eng yirik investitsiya qabul qiluvchi mamlakat sifatida qayd etildi. Mazkur ulush umumiy jarayonning 53 foizini, ya’ni 680 million dollarni tashkil etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mintaqadagi investitsiya oqimining asosiy yo‘nalishi Qozog‘iston biznesining O‘zbekistondagi loyihalari bo‘lgan. Qirg‘iziston 34 foizlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinda tursa, Qozog‘istonning o‘zi 11 foizlik ulushga ega.

Investitsiyalarning deyarli 60 foizi qurilish va qayta ishlash tarmoqlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular mos ravishda 440 million va 340 million dollar hajmdagi qimmatga ega. Ekspertlari bu dinamikani mintaqada infratuzilma yangilanishi, uy-joyga talab o‘sishi va mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish jarayonlari bilan bog‘liq deb baholadi.

Teglar

Mavzuga oid