add

Qo‘shrabotda maktab kotibasi boshlang‘ich sinf o‘quvchisini kaltakladi

10.10.2025 | 16:2035723

Zo‘ravonlik holatining videosi tarqalgach, ta’lim boshqarmasi ishchi guruh tuzdi, IIB esa tekshiruv boshladi.

Qo‘shrabotda maktab kotibasi boshlang‘ich sinf o‘quvchisini kaltakladi
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 71-maktabda 3-sinf o‘quvchisi maktab kotibasi tomonidan kaltaklangani haqida xabar tarqaldi. Voqea tasvirlangan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda ham lavha tezda muhokamaga sabab bo‘ldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabatiga ko‘ra, voqea yuzasidan ishchi guruh tuzilib, holat joyiga chiqib o‘rganilmoqda. Tuman ichki ishlar bo‘limi esa tergovga qadar tekshiruvni boshlagan. Idoralar jamoatchilikka rasmiy ma’lumotni o‘rganish yakunlari bilan taqdim etishini bildirdi. Videoda katta yoshli ayolning sinf xonasida sinfdoshlari ko‘z o‘ngida bolakayning boshiga urayotgani ko‘riladi. O‘quvchi zo‘ravon ayoldan qochib, o‘qituvchisining pinjiga tiqilgan. Ayni damda lavha qaysi sana va vaqtda tasvirga olingani, ishtirokchilar shaxsi va jarayon tafsilotlari rasman ochiqlanmagan. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, o‘quv muassasalarida bolalar xavfsizligini ta’minlash birinchi darajali vazifadir. Amaldagi qonunchilikka binoan, balog‘at yoshiga yetmagan shaxsga nisbatan zo‘ravonlik qilganlar intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid