add

Qozog‘iston Afg‘onistondagi temir yo‘lga pul tikmoqda. Maqsadi nima?

Qozog‘iston Turg‘undi – Hirot temir yo‘lini qurish uchun Afg‘oniston bilan anglashuvga erishdi. Bu loyiha Qozog‘istonning Janubiy Osiyo portlariga chiqishi va mintaqaviy savdo imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Qozog‘iston Afg‘onistondagi temir yo‘lga pul tikmoqda. Maqsadi nima?
Qozog‘iston va Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida temir yo‘l qurilishi hamda undan foydalanishning asosiy tamoyillari to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Bu haqda Kazinform axborot agentligi muxbiri xabar bermoqda. «Qozog‘iston Transport vazirligi va Afg‘oniston Jamoat ishlari vazirligi o‘rtasidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasida temir yo‘l qurilishi hamda undan foydalanishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida memorandum imzolandi», - deya ta’kidlanadi vazirlik xabarida. Qozog‘iston vazirligi temir yo‘l qurilishiga qancha mablag‘ ajratishga tayyorligini ma’lum qilmadi. Biroq Afg‘oniston hukumati vakillari tafsilotlarni oshkor etdi. Afg‘oniston Jamoat ishlari vazirligining matbuot kotibi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida shunday deb yozdi: «Turg‘undi – Hirot temir yo‘li loyihasi bo‘yicha 500 million dollarlik investitsiya kiritish to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi». Qozog‘istonga 2024 yil iyul oyida Aqtauda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Turg‘undi - Hirot temir yo‘li qurilishida ishtirok etish taklif qilingan edi. Bu yo‘l respublikaning Pokistondagi dengiz portlariga chiqishini osonlashtirishi taxmin qilinmoqda. Bu esa mamlakat uchun yangi eksport yo‘nalishlarini yaratib, tovar ayirboshlash hajmini oshiradi. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari uchun Janubiy Osiyo bozorlariga transport harakatida muhim tranzit yo‘lagini shakllantiradi. Mutaxassislar fikricha, ushbu loyiha nafaqat Qozog‘iston, balki butun mintaqa iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega.

Teglar

Mavzuga oid