add

Qozog‘iston go‘shti O‘zbekistonga necha so‘mdan olib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi

29.01.2026 | 09:201 daqiqa

Qo‘shni davlatdan import qilingan go‘sht hajmi deyarli ikki barobarga oshgan. Import hajmi ortishi bilan birga, mahsulotning narxi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada arzonlashgan.

Qozog‘iston go‘shti O‘zbekistonga necha so‘mdan olib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi

2025 yilda O‘zbekiston Qozog‘istondan jami 189,9 mln dollarlik 66,1 ming tonna go‘sht mahsulotlarini import qilgan. Bu haqda Qozog‘iston Bojxona xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2024 yil bilan solishtirganda Qozog‘istondan O‘zbekistonga go‘sht eksporti miqdor jihatidan 1,8 baravarga, umumiy qiymati bo‘yicha esa 1,5 baravarga oshgan.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston go‘shtining bir kilogrammi o‘zbekistonlik importchilarga o‘rtacha 2,87 dollardan tushgan. Taqqoslash uchun, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 3,32 dollarni tashkil etgan. O‘zbekiston milliy valutasiga chaqilganda bir kilogramm go‘sht taxminan 36 ming so‘mdan import qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Qozog‘iston go‘shtining eng yirik xaridori maqomini saqlab qolgan. 2025 yilda Qozog‘iston dunyo bo‘yicha jami 213,6 mln dollarlik (o‘rtacha 2,91 dollardan) 73,3 ming tonna go‘sht eksport qilgan bo‘lsa, uning asosiy qismi aynan O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Teglar

Mavzuga oid