add

Qozog‘iston neft qazib chiqarishni OPEC kvotasidan oshirib yubordi

21.05.2025 | 10:3015162

Qozog‘iston 2025 yil may oyida neft qazib chiqarishni aprelga nisbatan 2 foizga oshirib, kuniga o‘rtacha 1,86 mln barrelga yetkazdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatning OPEC+ kelishuvi bo‘yicha belgilangan 1,486 mln barrellik kvotasidan ancha yuqori.

Qozog‘iston neft qazib chiqarishni OPEC kvotasidan oshirib yubordi
Qozog‘istonning Tengiz konida neft qazib olish ham sezilarli darajada o‘sib, 932 ming barrelga yetdi. Aprel oyida qazib chiqarish 3 foizga kamaygan bo‘lsa-da, umumiy hajm hali ham kvotadan yuqori bo‘lib qolmoqda. Bunday ortiqcha ishlab chiqarish «Tengizchevoil» kompaniyasining Tengizdagi ishlab chiqarishni oshirishi bilan bog‘liq. Tengizshevroylda Chevron 50 foiz, ExxonMobil 25 foiz, Kazmunaygaz 20 foiz va Lukoyl 5 foiz ulushga ega. Qozog‘iston Energetika vazirligi OPEC+ majburiyatlarini bajarishga sodiqligini ta’kidlab, 2026 yil apreligacha ortiqcha ishlab chiqarilgan 1,3 mln barrelni kompensatsiya qilish rejasini bildirgan. Vazirlikning ma’lum qilishicha, Tengiz koni rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmiga yetgan va bu yilda qo‘shimcha o‘sish kutilmayapti. Shu bilan birga Qozog‘iston OPEC+ kvotalariga to‘liq rioya qilishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, chunki mamlakatdagi yirik konlar, jumladan, Tengiz xalqaro korporatsiyalar tomonidan boshqariladi. Tahlilchilar ishlab chiqarish hajmi taxminan 1,8 mln barrel atrofida barqarorlashishini kutmoqda.

Teglar

Mavzuga oid