add

Qozog‘iston Slovakiya energetika bozorida Rossiya o‘rnini egallashga tayyor

12.06.2025 | 16:2049102

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Slovakiya bilan energetika va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish niyati borligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston neft, gaz va uranni Slovakiyaga eksport qilishga tayyor.

Qozog‘iston Slovakiya energetika bozorida Rossiya o‘rnini egallashga tayyor
To‘qayev ushbu bayonotini Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso bilan uchrashuvdan so‘ng bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasida energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, raqamlashtirish va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun katta salohiyat mavjud. Prezident Qozog‘istonning nafaqat energiya manbalari, balki oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlar eksportini ham ko‘zlayotganini qayd etdi. Bu bilan Qozog‘iston Slovakiya bozorida Rossiyaning an’anaviy o‘rnini bosib olishga intilmoqda. Ekspertlarning fikricha, Qozog‘istonning bu yo‘nalishdagi tashabbusi Yevropa bozorlariga yangi eksport yo‘nalishlarini ochish hamda mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Hozircha ikki davlat o‘rtasida aniq shartnomalar e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, rasmiylar muzokaralar davom etayotganini ma’lum qilmoqda.  

Teglar

Mavzuga oid