add

Qozog‘iston TIV rahbari Nurtleu qo‘lga olingani haqidagi xabar rasman rad etildi

04.09.2025 | 16:4049053

Qozog‘iston rasmiylari tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu va tadbirkor Gadji Gadjiyev qo‘lga olingani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Qozog‘iston TIV rahbari Nurtleu qo‘lga olingani haqidagi xabar rasman rad etildi
Qozog‘istonda tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu qo‘lga olingani haqidagi xabarlar rasman rad etildi. Bu haqda Prezident huzuridagi Markaziy kommunikatsiyalar xizmati qoshidagi Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi bayonot berdi. Markaz ma’lumotiga ko‘ra, Gulnar Bajkenovaga qarashli Orda va Bazhkenova vs. loyihalarida tarqatilgan ma’lumotlar asossiz bo‘lib, hech qanday qo‘lga olish sodir bo‘lmagan. «Bu kabi yolg‘on ma’lumotlar jamiyat ishonchini so‘ndiradi va voqealarga noto‘g‘ri baho shakllantiradi», — deyiladi bayonotda. Shuningdek, Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva ham Facebook orqali chiqish qilib, ushbu xabarni asossiz deb atadi. U jurnalistlarni mas’uliyatlilikka chaqirdi va yolg‘on ma’lumot uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini eslatdi. Avvalroq Orda.kz nashri tomonidan Nurtleu bilan bir qatorda tadbirkor Gadji Gadjiyev qo‘lga olingani haqida ham axborot tarqatilgan edi. Bu xabar ham rasmiy ravishda inkor etildi. Vakolatli idoralar yolg‘on ma’lumot tarqatganlarga nisbatan sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Ma’lumot uchun, Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi 2025 yil 1 avgustdan ish boshlagan bo‘lib, aholini xolis va aniq ma’lumot bilan ta’minlashni asosiy vazifa sifatida belgilagan.

Teglar

Mavzuga oid