add

Qozog‘istonda davlat xarajatlariga moratoriy joriy etildi

29.09.2025 | 15:302013

Davlat jamg‘armalarini yaratish va davlat idoralari uchun binolar qurish taqiqlandi.

Qozog‘istonda davlat xarajatlariga moratoriy joriy etildi
Qozog‘iston hukumati 2028 yil oxirigacha davlat xarajatlarining bir qator yo‘nalishlariga moratoriy joriy etdi. Bu qaror davlat mablag‘larini iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladigan ustuvor loyihalarga yo‘naltirishi aytilmoqda. Asosiy cheklovlar davlat idoralari uchun yangi ma’muriy binolar qurish va sotib olishga, madaniy-maishiy inshootlar barpo etishga hamda byudjetdan tashqari yangi jamg‘armalar tashkil etishga tegishli. Shuningdek, ijtimoiy sohada yangi tashabbuslarni amalga oshirish ham to‘xtatildi. Qarorga ko‘ra, davlat organlari va davlat ishtirokidagi korxonalari byudjet dasturlari natijasida olingan jamg‘armalarni mustaqil tarzda sarflay olmaydi. Bunday mablag‘lar faqat tegishli markaziy organlar tomonidan oldindan tasdiqlangan hollarda ishlatilishi mumkin. Bo‘shatilgan mablag‘lar mamlakat iqtisodiy o‘sishi bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi. Bosh vazir Oljas Bektenov 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan byudjet va transfertlarni rejalashtirishda ushbu qarorga qat’iy rioya qilish zarurligini ta’kidladi. Moratoriy 2022 yildan keyin tashkil etilgan yangi tumanlardagi hokimlik binolari qurilishiga tatbiq etilmaydi. Qaror hujjat imzolangan kundan kuchga kirdi.

Teglar

Mavzuga oid

Qozog‘istonda davlat xarajatlariga moratoriy joriy etildi | Vaqt.uz