Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum sanasi belgilandi

Kecha 21:351 daqiqa

Yangi tahrirdagi Asosiy qonun hokimiyat tizimi va siyosiy institutlar faoliyatini tubdan o‘zgartirishni nazarda tutadi.

Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum sanasi belgilandi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 2026 yil 15-mart kuni mamlakatda yangi Konstitutsiya bo‘yicha umumxalq referendumini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati — «Akorda» ma’lum qildi. Hujjat loyihasi 12-fevral kuni rasman e’lon qilinadi.

Referendum byulletenida fuqarolarga quyidagi savol taqdim etiladi: «2026 yil 12-fevral kuni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan Qozog‘iston Respublikasining yangi Konstitutsiyasini qabul qilasizmi?».

Mazkur ovoz berish jarayoni orqali mamlakatning asosiy qonuni yangilanishi masalasi hal etiladi.

Qozog‘istonliklar hayotida nimalar o‘zgaradi?

Loyihaga ko‘ra, Konstitutsiyadagi moddalar soni 98 tadan 95 taga qisqartiriladi. Parlament tizimi qayta ko‘rib chiqilib, 145 nafar deputatdan iborat bir palatali Qurultoy joriy etiladi. Shuningdek, yangi maslahat organi — Xalq kengashi tashkil etish taklif qilinmoqda.

Shuningdek, sudyalar va hokimiyat organlari rahbarlarini tayinlash tartibi o‘zgaradi, norozilik namoyishlariga cheklovlar joriy etiladi, Konstitutsiya ustuvorligi mustahkamlanadi.

Shu bilan birga, ombudsman va advokatura institutiga konstitutsiyaviy maqom berilishi rejalashtirilmoqda. Tashabbuskorlar fikricha, yangilangan Asosiy qonun hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida vakolatlar muvozanatini kuchaytiradi, o‘zaro tiyib turish mexanizmlarini takomillashtiradi va siyosiy barqarorlikni oshiradi.

Teglar

Mavzuga oid