add

Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

13.09.2025 | 18:0020223

11 sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi.

Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
11 sentyabrda Qozog‘istonning Olmaota viloyatida joylashgan metall qabul qilish shoxobchasida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi. Hozirda sodir bo‘lgan voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, metall qabul qilish jarayonida noma’lum buyum portlab ketgan va oqibatda uch ishchi halok bo‘lgan. Portlash yuz bergan zahoti tezkor xizmatlar – politsiya, yong‘in xavfsizligi xodimlari va tez tibbiy yordam brigadasi hodisa joyiga yetib borgan. Biroq qurbonlarning hayotini saqlab qolish mumkin bo‘lmagan. Metall shoxobchasi egasi Amirbek Sherbayevning aytishicha, qabul qilingan metall chiqindilari orasida portlamagan mina bo‘lishi mumkin. Unga ko‘ra, metall Xitoy ishlab chiqarish sexi orqali keltirilgan bo‘lib, unda mudofaa sohasidan chiqqan xavfli buyumlar ham bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joyida kriminalistlar va Qozog‘iston Mudofaa vazirligi vakillari ishlamoqda. Hudud to‘liq yopilgan va tashqaridan odamlar kiritilmayapti. Halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlangan: ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum qilindi.

Teglar

Mavzuga oid