add

Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT'dan bepul foydalanishi mumkin

Bugun 21:36481

Qozog‘iston hukumati va OpenAI kompaniyasi ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum imzoladi. Bu o‘qituvchilarga ChatGPT Edu versiyasidan tekin foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT'dan bepul foydalanishi mumkin

Qozog‘iston va OpenAI o‘rtasida sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim sohasida joriy etishni nazarda tutuvchi shartnoma imzolandi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi ma’lum qildi.

Ushbu kelishuvga ko‘ra, Qozog‘istonning barcha o‘qituvchilariga uch yil davomida 165 ming ChatGPT Edu litsenziyasi taqdim etiladi. Bu ta’lim muassasalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan ChatGPT'ning maxsus versiyasidir.

OpenAI vakili Kevin Millsning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt o‘qituvchilarga o‘quvchilarni yaxshiroq o‘qitish va rivojlantirishda yordam beradi. Shu bilan birga, ularning ma’muriy vazifalari kamayib, o‘qitish jarayonining samaradorligi ortadi.

Kelishuvning asosiy maqsadi – o‘qituvchilarga sun’iy intellektdan samarali foydalanish imkoniyatini yaratish va ta’lim muassasalarida innovatsion yechimlarni tatbiq etishdir. Qozog‘iston hukumati buni mamlakatdagi maktablarga sun’iy intellektning afzalliklarini joriy etishga yordam berish sifatida baholamoqda.

Avvalroq OpenAI kompaniyasi ChatGPT foydalanish qoidalarini yangilab, unga shifokor yoki advokat sifatida javob berishni taqiqlagani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT'dan bepul foydalanishi mumkin | Vaqt.uz