add

Qudratilla Rafiqov Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisligiga qayta saylandi

Bugun 11:401831

Ma’lum qilinishicha, federatsiya raisligiga nomzod ilk marotaba yashirin ovoz berish yo‘li bilan aniqlangan.

Qudratilla Rafiqov Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisligiga qayta saylandi

Qudratilla Rafiqov 91,9 foiz ovoz bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan qurultoyda ilk marta rais va uning o‘rinbosarlari muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylandi. Tarmoq kasaba uyushmalari, federatsiyaning hududiy kengashlari delegatsiyalari vakillari yig‘ilishida federatsiya raisi va rais o‘rinbosarligiga nomzodlar yuzasidan maslahatlashuv o‘tkazilib, takliflar tayyorlangan. Delegatsiyalar vakillari yig‘ilishi nomidan nomzodlar o‘qib eshittirilgach, ular yashirin ovoz berish byulleteniga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, Qudratilla Rafiqov 1947 yilda tug‘ilgan. 1993–1998 yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi muovini, 1998–2003 yillarda Jizzax viloyati kasaba uyushmalari kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Keyinroq «Jizzax akkumulyator zavodi” AJ bosh direktori lavozimida ishlagan. 2016 yil dekabrida Tanzila Norboyeva o‘rniga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga rahbar etib saylangan. Shuningdek, u 2020 yil noyabrida ushbu lavozimga qayta saylangandi.

Teglar

Mavzuga oid

Qudratilla Rafiqov Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisligiga qayta saylandi | Vaqt.uz