add

Qurbi tushayotgan dollar, 72 mlrd.dan oshgan tashqi qarz va aholining omonatlar borasidagi xavotirlari – Fikr vaqti

16.10.2025 | 20:006332

So‘nggi bir necha oy davomida so‘m AQSH dollariga nisbatan mustahkamlanib bormoqda. Bu esa nafaqat valyuta bozorida tebranishlar, balki aholining pul jamg‘arish odatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazyapti.

Qurbi tushayotgan dollar, 72 mlrd.dan oshgan tashqi qarz va aholining omonatlar borasidagi xavotirlari – Fikr vaqti
Videoni YouTubeʼda tomosha qiling: 👉 https://youtu.be/IuFGSxM6mrE Dunyodagi siyosiy beqarorliklar, savdo nizolari, import va eksportdagi muvozanat, pul o‘tkazmalari hajmi, Markaziy bankning pul-kredit siyosati — bularning barchasi o‘zgarish ortidagi asosiy omillar sifatida tilga olinmoqda. Xo‘sh, dollarning bu qadar «arzonlashuvi» iqtisodiyot uchun foydalimi yoki yashirin xavfmi, odamlar endi jamg‘armalarini qaysi aktivlarda qilgani ma’qul: bu savollar ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy, qolaversa, hanuzgacha ochiq va dolzarb boshqa savollar ham borki, bu savollar dasturimizningnavbatdagi sonida tahlil obekti bo‘ldi. Unda shuningdek, O‘zbekistonning oshayotgan tashqi qarzi va narxi oshayotgan oltin masalasida ham gaplashdik. Dastur mehmonlari – iqtisodchilar: To‘lqin Boboqulov va Bahrombek Umarbekov bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid