add

Qurilish korxonalari yarim yilda 4,2 trln so‘m soliq to‘ladi

15.08.2025 | 10:308513

2025 yilning birinchi yarmida mamlakatda qurilish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar davlat byudjetiga salmoqli mablag‘ yo‘naltirdi.

Qurilish korxonalari yarim yilda 4,2 trln so‘m soliq to‘ladi
Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–iyun oylarida 29 418 ta qurilish faoliyatiga ixtisoslashgan yuridik shaxs tomonidan 4,2 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Uning 708,1 mlrd so‘mi yoki 16,5 foizi 20 ta yirik korxona hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu 20 korxonaning umumiy tovar aylanmasi 10,4 trln so‘mdan oshgan bo‘lib, ular tomonidan qo‘llanilgan soliq imtiyozlari miqdori 136,9 mlrd so‘mni tashkil etgan. Soliq to‘lov turlari kesimida eng katta ulush qo‘shilgan qiymat solig‘iga to‘g‘ri keldi — 367,4 mlrd so‘m. Shuningdek, foyda solig‘i 110,4 mlrd so‘m, jismoniy shaxslar daromad solig‘i 114,2 mlrd so‘m, boshqa turdagi soliqlar esa 116,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yirik soliq to‘lovchi qurilish kompaniyalari davlat byudjeti daromadlarida muhim o‘rin egallab, sohadagi moliyaviy aylanmani shakllantirishda yetakchi hisoblanadi. Avvalroq 2025 yilning birinchi yarmida elektr, gaz, suv va issiqlik ta’minoti sohalaridagi 20 mlrd so‘mlik asossiz hisoblangan ortiqcha to‘lovlar iste’molchilarga qaytarilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid