add

Quyosh atrofida Yerdan 10 barobar katta «qush» kuzatildi

26.05.2025 | 19:1531043

Olimlar Quyosh yaqinida qush shakliga o‘xshash sirli ob’ektni tasvirga oldi. Uning o‘lchami Yernikidan o‘n barobar katta ekani va «olovli iz» qoldirgani qayd etilgan.

Quyosh atrofida Yerdan 10 barobar katta «qush» kuzatildi
Quyosh astronomiyasi sohasidagi kuzatuvchilar tomonidan hayratomuz hodisa qayd etildi — Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta bo‘lgan, qushga o‘xshash ob’ekt tasvirga olindi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi qoshidagi Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ob’ekt Quyoshdan taxminan 2 million kilometr uzoqlikda joylashgan. Uning «qanotlari» taxminan 150 ming kilometrga teng. Suratlarda ushbu ob’ekt ortida «olovli iz» qoldirgan holda harakatlanayotgandek ko‘rinadi. «Bu tasvirda juda aniq qush yoki uchar kemani eslatuvchi shakl namoyon bo‘lgan. Bu holatga turli yondoshuvlar bilan qarash mumkin. Ilmiy asosda tushuntirish talab etiladi», deyiladi laboratoriya bildiruvida. Olimlar bu hodisaning tabiati haqida jiddiy muhokamalar o‘tkazish kerakligini ta’kidlagan. Ayni paytda ob’ektning aniq tabiati, uning paydo bo‘lish sabablari yoki harakat yo‘nalishi to‘g‘risida rasmiy izohlar berilmagan. Ammo bu kabi holatlar astronomlar va koinot tadqiqotchilari o‘rtasida qizg‘in bahslarga sabab bo‘lishi shubhasiz.

Teglar

Mavzuga oid