add

Radiatsiyaviy manbalar xavfsizligini ta’minlash tartibi belgilandi

29.10.2025 | 17:122411

Ushbu tartib yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan, yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan radiatsiyaviy manbalar xavfsizligini ta’minlashni ko‘zda tutadi.

Radiatsiyaviy manbalar xavfsizligini ta’minlash tartibi belgilandi

«Radiatsiyaviy manbalar xavfsizligini ta’minlash» qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan, yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan radiatsiyaviy manbalar xavfsizligini ta’minlash tartibini belgilaydi.

Unga ko‘ra, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan radiatsiyaviy manbalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha quyidagi talablar bajarilishi shart:

radiatsiyaviy manbalar loyiha hujjatlari va texnologik hujjatlarga muvofiq tarzda ishlatilishi va ularning texnik soz holatda saqlanishi ta’minlanishi;

favqulodda vaziyatlar va avariya holatlarida aholining xavfsizligini ta’minlash choralarining ko‘rilishi.

Ushbu tartibga muvofiq loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan talablardan chetlanishlar aniqlanib, ularning sabablari bartaraf etiladi. Shuningdek, loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan talablardan chetlanishlar texnik tizimlar orqali nazorat qilinib, avtomatik xavfsizlik tizimlari ishga tushiriladi.

Shu bilan birga, radiatsiyaviy manbalar loyihasida avtomatik xavfsizlik tizimlarining ishonchliligi, hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar va ularning oqibatlari loyiha hujjatlariga asosan tahlil qilinishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lishning xavfsizlik talablari belgilangani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid