
Ramzan Qodiroq sog‘ligi: uning yaqinlarida umid so‘nib bormoqda — OAV
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning sog‘ligi og‘irlashayotgani haqidagi xabarlar kuchaymoqda — uning atrofidagilar «oxir yaqin» degan fikrni ochiq ayta boshladi.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning sog‘ligi so‘nggi oylarda sezilarli darajada yomonlashgan. Unga yaqin manbalarga tayanadigan «Kavkaz. Realii» muxolif saytining yozishicha, Qodirov atrofidagi barcha «hammasi tugayotganini tushunib turibdi, faqat bu kun qachon sodir bo‘lishini hech kim bilmaydi». Manbaning ta’kidlashicha, Checheniston rahbari endi bir soatdan ortiq davom etadigan tadbirlarga bardosh bera olmayaptidi.
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, Qodirov rasmiy uchrashuvlar vaqtida o‘zini noqulay his qiladi, tadbirlarni tez-tez to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Shu bilan birga, u o‘zining tashqi ko‘rinishda ahvoli yaxshilanayotgandek ko‘rsatishga harakat qilmoqda. «U yashash uchun qattiq kurashmoqda, boshqa odam bunday bosimga chiday olmas edi», — deydi manba.
Nashrning eslatishicha, Ramzan Qodirov sog‘lig‘i bilan bog‘liq ilk jiddiy shubhalar 2025 yil boshida paydo bo‘lgan. O‘shanda u qariyb uch hafta jamoatchilik oldida ko‘rinmagan. Keyinchalik fevral oyida unga buyrak faoliyati buzilishi bilan bog‘liq holatlarda qo‘llaniladigan nefrostoma o‘rnatilgani haqida ma’lumot tarqalgan.
Yoz oylarida ham Checheniston rahbari ommaviy maydondan deyarli yo‘qoldi. Rasmiy yig‘ilishlardagi ishtirok ramziy tus oldi: videolavhalar bir necha o‘n soniya bilan cheklandi, ayrim kadrlarda esa u umuman so‘zlamagan. Bu holatlar sog‘liq muammolari yanada chuqurlashayotgani haqidagi gumonlarni kuchaytirgan.
Iyul oyida Turkiya OAVlari Bodrumda yuz bergan voqea haqida xabar tarqatib, Qodirov dengizda cho‘milish vaqtida ahvoli yomonlashib, shoshilinch shifoxonaga yotqizilganini yozgan edi. Manbalar bu holatni shifokorlar tavsiyalariga amal qilmaslik va o‘zboshimchalik bilan davolanish bilan bog‘lagan.
Yil oxiriga kelib Qodirov an’anaviy to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga tayyorgarlik ko‘rgan, ammo tadbir bir necha bor qoldirilgan. Yakunda u so‘nggi yillardagi eng qisqa formatda o‘tdi: asosiy vaqt davomida auditoriya bilan bosh vazir Magomed Daudov va Checheniston muftiysi Salah Mejiyev muloqot qildi, to‘liq yozuv esa e’lon qilinmadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi hafta ichida Ramzan Qodirov Ukraina razvedkasi tarqatgan mish-mishlarni uch marta rad etib chiqdi. U barcha a’zosi soppa sog‘ligini aytib, qasam ham ichdi. Tasvirlardan birida u omma oldiga hassa tayanib chiqqan.





