add

Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan Mobiuz tariflariga oid cheklovni bekor qildi

16.07.2025 | 13:003694

Mobiuz mobil operatori tomonidan tarif almashtirishdagi cheklovlar bekor qilindi. Shu bilan birga, qo‘mita mobil operatorning abonentlarga kundalik abonent to‘lovi rejimiga o‘tish xizmatini boshqarish usullari bo‘yicha tushuntirish berishini taminladi.

Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan Mobiuz tariflariga oid cheklovni bekor qildi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida Raqobat qo‘mitasi mobil aloqa xizmatlari yuzasidan tahlil va nazorat ishlarini olib bormoqda. Bu jarayonda shartnomalar va tarif rejalaridagi ehtimoliy kamsitish holatlari ko‘rib chiqildi. Ushbu ish doirasida Mobiuz (UMS) tomonidan joriy qilingan «Mazza!» tarif rejasiga faqat mobil ilova orqali o‘tish imkoniyati belgilangani aniqlandi. Bu esa, fuqarolarni ilova orqali harakat qilishga majburlab, tanlov erkinligini cheklagan. Qo‘mita ko‘rsatmasi asosida endi ushbu tarifga Mobiuz ofislari orqali ham o‘tish mumkin va abonentlar bu haqda xabardor qilingan. Bundan tashqari, kompaniya tomonidan oylik abonent to‘lovi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmagan hollarda avtomatik ravishda kunlik abonent to‘lovi tartibi joriy etilgan. Lekin, ushbu xizmatni mustaqil ravishda yoqish yoki o‘chirish mumkin bo‘lsa-da, ko‘plab abonentlar bundan bexabar bo‘lgan. Qo‘mita ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida kompaniyaga rasmiy veb-saytda ma’lumot joylashtirish va SMS orqali tushuntirish yuborishni topshirdi. Qo‘mita bildirishicha, Mobiuz ushbu ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida bajargan va bu holat ijobiy baholangan. Shuningdek, boshqa mobil operatorlarga ham iste’molchi huquqlarini himoya qilishga qaratilgan choralar ko‘rish tavsiya etilgan. Shu bilan birga, Beeline kompaniyasi bilan ham oylik va kunlik abonent to‘lovlari bo‘yicha shartlarni qayta ko‘rib chiqish ishlari davom etmoqda. Iyun oyida Qo‘mitaning ushbu operatorga ko‘rsatma berganligi haqida ham xabar bergan edik.  

Teglar

Mavzuga oid