add

Rasman: Fayzullayev endi Shomurodov bilan bir jamoada o‘ynaydi

30.07.2025 | 20:3512243

O‘zbekiston terma jamoasining yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev endilikda Turkiyada to‘p suradi — u Rossiyaning SSKA klubini tark etib, Eldor Shomurodov to‘p surib kelayotgan «Istanbul Bashakshehir» safiga qo‘shildi.

Rasman: Fayzullayev endi Shomurodov bilan bir jamoada o‘ynaydi
Turkiyaning Superliga jamoasi «Istanbul Bashakshehir» rasman ma’lum qilishicha, jamoa Rossiya Premer Ligasi vakili SSKAdan o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayevni sotib oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli hujumkor yarim himoyachi uchun to‘langan transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil etgan. Shartnoma shartlariga ko‘ra, Fayzullayev yangi klubi bilan 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan kelishuvga erishgan va 11 raqam ostida to‘p tepadi. «Xush kelibsan, Abbosbek Fayzullayev! Klubimiz so‘nggi bor SSKA (Moskva) jamoasida o‘ynagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Fayzullayevga oilamizga xush kelibsan, deymiz va unga to‘q sariq-ko‘k rangli formamiz ostida omad tilaymiz», deyiladi klub bayonotida. Qiziq tomoni shundaki, ushbu klubda boshqa o‘zbekistonlik o‘yinchi Eldor Shomurodov ham to‘p surmoqda. Shu tariqa, Turkiya chempionatida ikki o‘zbekistonlik bir jamoa libosida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fayzullayev SSKAda 2 mavsum davomida 72ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 22ta golli pas berdi. https://www.instagram.com/p/DMvG6lqNwmk/?hl=en  

Teglar

Mavzuga oid