
Robotlar hujumi boshlandi: Tesla zavodida robot ishchiga jarohat yetkazdi
25.09.2025 | 13:0047652
AQSHning Fremont shahridagi Tesla zavodida sanoat roboti texnik mutaxassisga hujum qilib, og‘ir jarohat yetkazdi. Jabrlanuvchi kompaniyadan tovon puli talab qilmoqda.

Tesla zavodida sodir bo‘lgan voqea ish joyi xavfsizligi borasida jiddiy savollarni keltirib chiqardi. 50 yoshli texnik mutaxassis Piter Hinterdobler robot zarbasidan so‘ng, hushidan ketgan va og‘ir jarohat olgan.
Jabrlanuvchi kompaniyadan 51 million dollarlik tovon puli talab qilib, sudga da’vo arizasi kiritgan. Uning aytishicha, jarohat natijasida tibbiy xarajatlar keskin oshgan, shunga ko‘ra moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xinterdobler davolanish uchun shu vaqtgacha taxminan 1 million dollar sarflagan. Kelgusida yana 6 million dollar xarajat qilish zarurligi qayd etilmoqda.
Tesla’da avval ham shunga o‘xshash holat kuzatilgan: 2021 yilda Ostin yaqinidagi Giga Texas zavodida robot ishchiga hujum qilgan edi.
Mazkur voqea sanoat robotlaridan foydalanishda xavfsizlik standartlarini yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.





