add

Ronaldu Jorjinaga qachon uylanishi va to‘y qayerda o‘tkazilishi taxmin qilindi

Bugun 20:557861 Daqiqa

11-avgust kuni 40 yoshli futbolchi Jorjinaga turmush qurishni taklif qilgandi.

Ronaldu Jorjinaga qachon uylanishi va to‘y qayerda o‘tkazilishi taxmin qilindi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning qaylig‘i Jorjina Rodrigesning to‘yi Madeyra orolida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Jornal da Madeira nashrida xabar qilinmoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, marosim futbolchining tug‘ilib o‘sgan shahri Funshale soborida o‘tkaziladi. Shundan so‘ng, mahalliy eng qimmat mehmonxonalardan birida tantanali qabul marosimi uyushtiriladi.

To‘y 2026-yilgi jahon chempionatidan keyin va Saudiya Arabistonida mavsumning boshlanishidan oldin yopiq formatda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 11-avgust kuni 40 yoshli futbolchi Jorjinaga turmush qurishni taklif qilgani ma’lum bo‘lgandi.

Ronaldu va Rodriges 2016 yildan beri munosabatda. Ularning birinchi qizi 2017 yilda dunyoga kelgan. 2022 yil aprel oyida juftlik egizak farzand ko‘rdi: o‘g‘il va qiz, biroq o‘g‘il tug‘ilish paytida vafot etdi. Ronalduning yana uch nafar farzandi bor.

Teglar

Mavzuga oid