add

Rossiya aktivlari muzlatilgan holda qoladi

10.07.2025 | 21:202373

Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukraina tiklanishiga bag‘ishlangan Rim anjumanida Rossiyaga tegishli aktivlar muzlatilgan holda saqlanishini tasdiqladi.

Rossiya aktivlari muzlatilgan holda qoladi
Germaniya kansleri Fridrix Mers Rimda o‘tkazilgan Ukrainani tiklash masalalariga bag‘ishlangan konferensiya doirasida Rossiyaning davlat aktivlari muzlatilgan holda qolishini ma’lum qildi. «Men yana bir bor ta’kidlamoqchimanki, muzlatish davom etaveradi. Aktivlardan keladigan foizlar yoki daromadlardan foydalanish biz belgilagan mexanizm asosida amalga oshiriladi. Zarurat tug‘ilganda, aktivlarning o‘zi ham tegishli kelishuv asosida ishlatilishi mumkin», - deya aytdi Mers. Kanslerning aytishicha, Rossiya bosqini oqibatida Ukrainaga yetkazilgan zarar taxminan 500 milliard yevroni tashkil etadi. Bundan oldin Mers Rimda Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyaning tiklanishini moliyalashtirgan KfW davlat bank guruhi namunasida Ukraina biznesini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish haqida e’lon qilgan edi. Yevropa Ittifoqi, Kanada, AQSH va Yaponiya Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan so‘ng Rossiyaning taxminan 300 milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Shundan 5-6 milliard dollari AQSHda, asosiy qismi esa Yevropada, jumladan, Belgiyadagi Euroclear xalqaro platformasida saqlanayotgan 210 milliard dollar ham bor.

Teglar

Mavzuga oid