add

Rossiya «AZAL» bo‘yicha tergovni to‘xtatdi. Ozarboyjon tashvishda

Bugun 17:092 daqiqa

Jeyxun Bayramovning aytishicha, samolyot ehtimol RF havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan va bunday qaror Boku tomonida jiddiy savollar uyg‘otmoqda.

Rossiya «AZAL» bo‘yicha tergovni to‘xtatdi. Ozarboyjon tashvishda

Rossiya Tergov qo‘mitasi 2024 yilda halokatga uchragan «Azerbaijan Airlines» (AZAL) samolyoti bo‘yicha jinoyat ishini tugatdi. Bu haqda Ozarboyjon OAVlari mamlakat TIV rahbari Jeyhun Bayramovga tayanib xabar bermoqda .

Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirining ma’lum qilishicha, Bokuga Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikindan tergov to‘xtatilgani to‘g‘risida rasmiy xat kelgan va bu holat Ozarboyjon tomonini qattiq tashvishga solgan.

2024 yilning 25-dekabrida Bokudan Grozniyga uchayotgan «Embraer E190» samolyoti Rossiya havo hududida shikastlanib, Qozog‘istonning Oqtau shahri yaqinida qulagan edi. Mazkur fojia oqibatida bortdagi 67 kishidan 38 nafari halok bo‘lgan, qolganlari turli darajadagi jarohatlar olgan.

Qozog‘iston Transport vazirligi tomonidan e’lon qilingan oraliq hisobotda samolyot korpusidagi teshiklar jangovar snaryad parchalari ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan. Omon qolgan yo‘lovchilar Grozniy osmonida portlash ovozlarini eshitishgani va shundan so‘ng samolyot boshqaruvida muammolar yuzaga kelganini bildirishgan.

Ozarboyjon hukumati samolyotga tashqi texnik ta’sir o‘tkazilgan, ya’ni u raketa bilan urib tushirilgan degan versiyada qat’iy turibdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojia yuz bergan kuni Rossiya havo hududida Ukraina dronlari hujumi qayd etilgan va Rossiya havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimlari ishga tushgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin oktabr oyida samolyot yaqinida ikkita Rossiya raketasi portlaganini tan olgan edi. Biroq, Moskva samolyot aynan Rossiya HHM tizimlari tomonidan urib tushirilganini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olmayapti va jinoiy tergovni to‘xtatishga qaror qildi.

Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev Rossiyadan voqea uchun mas’uliyatni to‘liq o‘z zimmasiga olishni, aybdorlarni jazolashni va qurbonlarning oilalariga tovon puli to‘lashni talab qilmoqda.

Boku versiyasiga ko‘ra, samolyot dastlab radioelektron kurash vositalari bilan ishdan chiqarilgan, so‘ngra yerdan o‘qqa tutilgan. Tergovning to‘xtatilishi ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda keskinlikni keltirib chiqargandi.

Fojiadan so‘ng Vladimir Putin Ukraina dronlari hujumini qaytarish vaqtida samolyot yaqinida Rossiyaning ikki raketasi portlaganini tan olib, Ilhom Aliyevdan uzr so‘ragan bo‘lsa-da, Moskva halokat uchun javobgarlikni to‘liq zimmasiga olmadi. O‘z navbatida, Ozarboyjon Prezidenti samolyot korpusidagi shikastlanishlar tashqi ta’sirni tasdiqlashini ta’kidlab, Rossiyadan aybdorlarni jazolashni va tovon puli to‘lashni talab qildi; Boku versiyasiga ko‘ra, havo kemasi dastlab radioelektron kurash vositalari bilan ishdan chiqarilib, so‘ng yerdan o‘qqa tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid