add

Rossiya chegarasi yaqinida NATO shtab-kvartira ochdi

03.10.2025 | 19:4038273

Sankt-Peterburgdan taxminan 300 kilometr uzoqlikda joylashgan shtab sentyabr oyi boshidan ish boshlagan.

Rossiya chegarasi yaqinida NATO shtab-kvartira ochdi
2025 yil 3 oktyabrda Finlyandiyaning Mikkeli shahrida, Rossiya chegarasiga yaqin hududda, NATOning Shimoliy Yevropadagi quruqlik qo‘shinlari shtabi rasman ishga tushdi. Marosimda Finlyandiya mudofaa vaziri Antti Hakkanen va NATO vakillari ishtirok etdi. Hakkanenning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hududiy xavfsizligini ta’minlash va mintaqada qo‘shinlarning o‘zaro muvofiqligini kuchaytirish Finlyandiya uchun ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Uning ta’kidlashicha, Finlyandiyaning pozitsiyasi NATOda e’tiborga olinayotgani davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Sankt-Peterburgdan taxminan 300 kilometr uzoqlikda joylashgan shtab sentyabr oyi boshidan ish boshlagan. NATO qo‘mondonligi vakili, brigadir general Kris Jent ma’lum qilishicha, tinchlik sharoitida tuzilma a’zo davlatlar harakatlarini rejalashtirish, mashg‘ulot va qo‘shma tadbirlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Agar harbiy mojaro yuzaga kelsa, u Shimoliy Yevropadagi NATO kuchlari ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazoratni o‘z qo‘liga oladi. Shtabga Norvegiyalik Ove Staurset va Finlyandiya armiyasi qo‘mondoni general-leytenant Pasi Vyalimyaki rahbarlik qiladi. Ushbu tuzilma AQSHning Norfolk shahrida joylashgan NATOning oliy qo‘mondonligiga bo‘ysunadi. Mikkelidagi yangi markazda allaqachon yetti davlat – Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Niderlandiya, AQSH va Buyuk Britaniyadan kelgan ofitserlar faoliyat boshlagan. Tuzilmaning doimiy xodimlari soni tinchlik davrida 50 nafarga yaqin bo‘lishi rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid